Raqamlar aniq
Har bir muhim raqam real vaqtda, bitta joyda ko‘rinadi.
- Xomashyo va tayyor mahsulot qoldig‘i
- Kunlik ishlab chiqarish
- Eng ko‘p sotiladigan va eng marjali mahsulot
- Filiallar foydasi, smena va brak
Biz biznesni tizimlashtirishni o‘rgatmaymiz. Biznesingiz ichiga kirib, tor joyni raqamlar bilan topamiz, jarayonlarni tartibga solamiz va Odoo ERP’da tizimni joriy qilamiz. Natija ko‘ringuncha yoningizdamiz.
O‘rganish kerak. Lekin bilimdan keyin kimdir buni biznesingiz ichida qilishi kerak. Biz shu ishni qilamiz.
Mijozlarimiz bizni eng ko‘p shu uchun qadrlaydi: biznesdagi tor joyni shunchaki dastur bilan emas, aniq raqamlar bilan ko‘rsatib beramiz.
Biznesingizni dasturga moslashtirmaymiz. Jarayonlarni to‘g‘rilash va ularni raqamlashtirish bir vaqtda, parallel ketadi.
“Kelishdik, tizim qo‘ydik, o‘qitdik, ketdik” — bizda bunday emas. Tizim to‘liq ishlab ketguncha birga ishlaymiz.
Biz ishlagan bizneslarda eng ko‘p uchragan holatlar. Nechtasi sizga tanish?
Odoo ERP, konsalting va AI agentlar — maqsad emas, vosita. Maqsad bitta: biznes egasi raqamlarni, odamlarni va pulni real vaqtda ko‘rib boshqarishi.
Har bir muhim raqam real vaqtda, bitta joyda ko‘rinadi.
Har bir xodim nima qilishini biladi, ishi tizimda ko‘rinadi.
Pul qayerdan kelib, qayerga ketayotgani har kuni ko‘rinadi.
To‘rt bosqich. Har bir loyiha shu tartibda o‘tadi va har bir bosqich oxirida natija raqam bilan ko‘rsatiladi.
Dastur sotishdan emas, biznesni tahlil qilishdan boshlaymiz. Tor joyni topamiz va uni raqamlar bilan ko‘rsatamiz.
Muammoli jarayonlarni, rollarni va lavozim yo‘riqnomalarini to‘g‘rilaymiz. Har kim o‘z ishini biladi.
Tartibga solingan jarayonlarni parallel ravishda Odoo ERP’da raqamlashtiramiz, kerak joyda AI agent quramiz.
Tizim to‘liq ishlab, natija ko‘ringuncha jamoangiz bilan birga ishlaymiz.
Dastur biznesga moslashadi, biznes dasturga emas.
Tashxisdan boshlashMijozlarimizda tizimgacha va tizimdan keyin nima o‘zgargan.
Oy yopish
Real loyihadan. Raqamlar har kuni ko‘rinadigan bo‘lgach, oy 10–15 kun o‘rniga 3 kunda yopiladi.
| Yo‘nalish | Tizimdan oldin | Tizimdan keyin |
|---|---|---|
| Raqamlar | Xomashyo, tayyor mahsulot va kunlik ishlab chiqarish — “taxminan”. | Barcha asosiy raqamlar har kuni, real vaqtda ko‘rinadi. |
| Pul | Pul, debitorka va kreditorka real vaqtda ko‘rinmaydi; hisob Excel fayllarda. | Debitorka va kreditorka har kuni ko‘rinadi, o‘z puli va begona pul ajratilgan. |
| Mahsulot va filial | Qaysi mahsulot eng marjali, qaysi filial pul olib kelyapti — noma’lum. | Mahsulot, marja, filial, smena va brak bo‘yicha aniq ko‘rinish. |
| Odamlar | Rahbarlar hamma jarayonga aralashgan, lavozim yo‘riqnomasi yo‘q. | Har bir xodimning yo‘riqnomasi va ishi tizimda; ish o‘z vaqtida bajariladi. |
Raqamlar real loyihalardan olingan. Mijoz nomlari kelishuvsiz ko‘rsatilmaydi.
Har bir xizmat alohida emas, bitta maqsad uchun ishlaydi: biznesingiz tizim bilan boshqarilsin.
Jarayonlar, raqamlar va rollarni o‘rganamiz, tor joylarni topamiz va ularni qanday yechish kerakligini ko‘rsatamiz.
Boshlanish nuqtasi Muhokama qilishLavozim yo‘riqnomalari, mas’uliyat chegaralari va ish tartibi. Egasi nima kutayotgani va xodim nima qilayotgani bir xil bo‘ladi.
Odamlar o‘z o‘rnida Muhokama qilishOdoo Silver Partner sifatida savdo, ombor, ishlab chiqarish, moliya va xodimlarni bitta tizimga yig‘amiz. Excel va qog‘ozdagi hisobdan voz kechasiz, raqamlar har kuni ko‘rinadi.
Raqamlar va pul Muhokama qilishTashxisda haqiqiy ehtiyoj topilgan joyda takrorlanuvchi ish va nazoratni avtomatlashtiradigan AI agentlar quramiz.
Kerak joyda Muhokama qilishTizimni topshirib ketmaymiz: jamoangiz u bilan ishlashni o‘rganib, natija ko‘ringuncha yoningizda bo‘lamiz.
Tizim ishlaguncha Muhokama qilishOdatdagi mijozimiz: 150–700 xodimli korxona. Qarorni biznes egasining o‘zi qabul qiladi.
Biznes konsultant, ERP konsultantlar va mutaxassislar, loyiha menejerlari, moliyachi va AI agent quruvchi — tashxisdan natijagacha bitta jamoa.
Jamoa suratlari, ismlari va lavozimlari qo‘shilgach shu yerda chiqadi.
Biz dasturchilar jamoasi sifatida boshlaganmiz. Yillar davomida bizneslar uchun ko‘plab ilovalar qildik — ba’zi kompaniyalar har bir bo‘lim uchun alohida ilova buyurtma qilardi.
Shu tajribada bitta haqiqatni ko‘rdik: muammo ilovalar sonida emas, yaxlit tizim yo‘qligida. Alohida ilovalar alohida “orollar” yaratadi, raqamlar esa baribir taxminan qoladi.
Shuning uchun jamoamiz bilan Odoo ERP’ga o‘tdik. Rahbarimiz yillar davomida biznes bo‘yicha o‘qidi, jamoa biznes jarayonlarini o‘rgandi. Bizneslardagi muammolarni ko‘rgan sari bu ishga ishtiyoqimiz oshib bordi.
Ko‘p ilova emas — bitta tizim. Dastur emas — avval biznesni tushunish.
Biznesini biz bilan birga tizimga solgan kompaniyalar.
Mijozlar logotiplari ruxsat bilan shu yerga qo‘yiladi.
10 ta savol. Har biriga o‘zingizga halol javob bering: bunga hozir, bir daqiqada, aniq raqam bilan javob bera olamanmi?
Biznes egasi o‘z muammosini olib keladi, biz kamera oldida raqamlar bilan tor joyni topamiz. Hikoya emas — real biznes, real raqamlar.
Javob topmadingizmi? Pastdagi forma orqali yozing.
Biznesingiz haqida qisqacha yozing. Mutaxassisimiz siz bilan bog‘lanib, tashxis vaqtini kelishib oladi.
24 soat ichida javob beramiz