Asosiy mazmunga o‘tish
Tashxisga yozilish
  1. Bosh sahifa
  2. Sohalar
  3. Savdo
Odoo Silver Partner

Savdo tarmog‘ingizni taxminan emas — aniq boshqaring.

Kiyim-kechak, kitob, uy-ro‘zg‘or buyumlari va chinni savdosida ishlaganmiz. Qoldiq, marja, filiallar foydasi va pul har kuni bitta tizimda ko‘rinadigan bo‘ladi.

Savdoda “taxminan” qayerda yashaydi

Savdo tarmoqlarida eng ko‘p uchragan holatlar. Nechtasi sizga tanish?

  • Do‘kon yoki ombordagi qoldiqni so‘rasangiz, “taxminan” degan javob olasiz.
  • Qaysi filial pul olib kelyapti, qaysi biri olib ketyapti — noma’lum.
  • Eng ko‘p sotiladigan va eng marjali mahsulotni aniq bilmaysiz.
  • Mijozning oldindan to‘lovi va yetkazib beruvchiga qarz kassadagi pul bilan aralashib ketadi.
  • Hisobotlar Excel’da, har kimda o‘z fayli; oy yopish 10 kundan ko‘p cho‘ziladi.
  • Rahbarlar hamma jarayonga aralashadi, lavozim yo‘riqnomasi yo‘q.

Tizimdan keyin nima ko‘rinadi

Odoo ERP, konsalting va AI agentlar — vosita. Maqsad: raqamlar, odamlar va pul har kuni ko‘rinib tursin.

Raqamlar aniq

Har bir do‘kon va ombordagi qoldiq, eng ko‘p sotiladigan va eng marjali mahsulot — har kuni.

Odamlar o‘z o‘rnida

Sotuvchi, omborchi, filial rahbari — har birining yo‘riqnomasi bor, ishi tizimda ko‘rinadi.

Pul nazoratda

Har bir filial foydasi, debitorka va kreditorka har kuni ko‘rinadi; o‘z puli begona puldan ajratiladi.

Qanday ishlaymiz

Har bir loyiha shu to‘rt bosqichda o‘tadi. Dastur biznesga moslashadi, biznes dasturga emas.

  1. 1

    Tashxis

    Do‘konlar, ombor va moliya qanday ishlashini o‘rganamiz va tor joyni raqamlar bilan topamiz.

  2. 2

    Tartib

    Sotuvchi, omborchi va filial rahbarlarining vazifalari hamda ish tartibini to‘g‘rilaymiz.

  3. 3

    Tizim

    Savdo, ombor, kassa va moliyani Odoo ERP’da bitta tizimga yig‘amiz.

  4. 4

    Natija

    Tizim to‘liq ishlab, natija ko‘ringuncha jamoangiz bilan birga ishlaymiz.

Savdo tarmog‘ingizdagi tor joyni topamiz

Do‘konlaringiz, filiallaringiz va qayerda “taxminan” ko‘p ekanini qisqacha yozing — tashxis vaqtini kelishamiz.

24 soat ichida javob beramiz